Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
Ekaterinburg-2019. Bugun ikki bokschimiz jang qiladi

Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionatida saralash bosqichi davom etmoqda. Bugungi janglar doirasida ikki nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi. Rio-2016 olimpiya o'yinlari g'olibi Shahobiddin Zoirov ilk bosqichda turkmanistonlik Ixlas Gulijanovni sinovdan o'tkazadi. 52 kg. vaznda qatnashayotgan sportchimiz bugun g'alaba qozonsa, navbatdagi bosqichda dominakanlik Rodrigo Martega qarshi jang qiladi. Shuningdek, 63 kg. vaznli Elnur Abduraimov ilk saralash bosqichida Jazoir vakili Reda Benbazizga qarshi ringga ko'tariladi. Hamyurtimiz g'alaba qozonsa, keyingi bosqichda AQShlik Devis Keyshavnga to'qnash keladi. Bugun musobaqada jang qiladigan bokschilarimiz:-52 kg: Shahobiddin Zoirov - Ixlas Gulijanov (Turkmaniston) (A ring, taxminiy boshlanish vaqti - 16:00)-63 kg: Elnur Abduraimov - Reda Benbaziz (Jazoir) (B ring, taxminiy boshlanish vaqti - 17:00)

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru