Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
Aspilikueta: "Chet el klubi sardori bo'lgan birinchi ispan futbolchisi ekanman"

"Chelsi" himoyachisi Sezar Aspilikueta "ko'klar" sardori sifatida nimalarni his qilayotganini aytdi.

"Jamoa sardori bo'lish - o'zgacha hissiyot. Chet el jamaosi sardori bo'lgan birinchi ispan futbolchisi ekanman. Buni bilmas edim, buni menga aytishgach, o'zim uchun juda ham faxrlanadigan natija bo'ldi. Juda kuchli hissiyotlarni boshdan kechirdim, sovrinni sardor sifatida yutish - juda o'zgacha ish, umid qilamanki, hammasi oldinda.

Yoshligimda sardor bo'lmaganman, chunki doim katta yoshdagilar bilan o'ynaganman. Yoshlar jamoasida men ikki yosh kichik bo'lardim, yonimda katta yoshli futbolchilar bo'lar edi, "Osasuna"da 17 yoshimda debyut qilganman.

Keyin tez orada "Marsel"ga o'tdim, ammo Ispaniyaning U-17 va U-19 terma jamoalarida sardor bo'lishga ulgurgandim, o'shanda Evropa chempioni bo'lgandik. Men finalda sardor edim.

Ispaniyaning U-21 sardor va Olimpiya termasida sardorlardan biri bo'lganman. "Chelsi"ga kelganimdan so'ng faqat o'sdim. Tajribali o'yinchilardan ko'p narsalarni o'rgandim", - deydi Aspilikueta.

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru