Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
FIFA eronlik ayollarning stadionga kirishi uchun ruxsat berilishiga erishmoqchi

Eronlik futbol muxlisi Saxar Xudoyoriy o'zini yoqib yuborgani uchun shifoxonada vafot etdi. Avvalroq 25 yoshli ayol "Istiqlol" klub o'yinini tomosha qilish uchun o'g'il bola kiyimini kiygan holda Tehrondagi stadionga kirgan. Huquqni himoya qilish organi vakillari uni sezib qolib, Xudoyoriyni qo'lga olishgan.Dushanba kuni uning sudi bo'lishi kerak edi. Ammo u qoldirildi. Ayol sud binosidan chiqishi bilan o'zini yoqib yuborgan. Tanasining 75 foizi kuyishi oqibatida u vafot etdi. Ma'lumotlarga qaraganda, Xudoyoriy o'ziga berilishi mumkin bo'lgan jazoning muhokama qilinayotganini eshitib qolgan. Mazkur qoidabuzarlik tufayli bu ayol 6 oydan 2 yilgacha qamalishi mumkin edi.Bo'lib o'tgan ishdan keyin FIFA vakillari Eronga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular mamlakatda ayollarning stadionga kirishlari uchun ruxsat berilishini nazorat qilishmoqchi.Eslatib o'tamiz, Eronda 1981 yildan beri ayollarning sport tadbirlariga kirishi taqiqlanadi. Ushbu taqiq JCh-2018 o'yinlari stadionlarda translyatsiya qilingan paytda vaqtinchalik bekor qilingan edi.

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru