Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
“Humo”ning birinchi parvozi juda omadli bo'ldi

Uzoq yillik tanaffusdan so'ng kecha yurtimizga xokkey nafasi qaytdi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, Toshkentning “Humo” xokkey klubi Oliy xokkey ligasida dastlabki uy uchrashuvini o'tkazdi. Tabiiyki, Rossiyaning “Ryazan” klubiga qarshi kechgan bunday tarixiy bahs yurtimizdagi barcha sport jamoatchiligining e'tibor markazida turdi.“Humo arena” muz saroyida o'tkazilgan tantanali ochilish o'yinida ishtirok etgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O'zbekiston xokkey federatsiyasi mutasaddilari ushbu voqelik sportimiz tarixida unutilmas kunlardan biri bo'lib qolishini ta'kidlab o'tdilar.Bevosita uchrashuv tafsilotlariga to'xtaladigan bo'lsak, minglab muxlislar ko'z o'ngida harakat qilgan “Humo” vakillarida birinchi davrda katta hayajon sezilib turardi. Tanaffusda murabbiydan tegishli ko'rsatmalarni olgan toshkentlik xokkeychilar qolgan 2 davrda raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi va o'yinni 5:0 hisobida o'z foydalariga hal qildilar.Shu o'rinda biz ham bunday tarixiy g'alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklab, “Humo” jamoasining kelgusi o'yinlarida yanada ulkan va chiroyli g'alabalar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru