Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
Habibning navbatdagi raqibi aniq

UFC chempioni Habib Nurmagamedov Abu-Dabidagi g'alabasidan so'ng, Rossiya sport nashrlari bilan bo'lgan uchrashuvda o'zining navbatdagi rejalari bilan o'rtoqlashdi. Hozir u tomonidan bildirilgan fikrlar bilan o'rtoqlashib o'tamiz.

Navbatdagi raqibi haqida

Abu-Dabidagi jang arenasini qurib bitirish uchun 2 oy sarflanganidan xabaringiz bo'lsa kerak. Men Afrika qit'asida ham shunday arena qurilishini va uni UFC qurib berishini istayman. Agar UFC buni xohlasa, uzog'I bilan 3 oy ichida Kongo, Somali, Sudan singari davlatlardan birida arena qad rostlashi mumkin. Shaxsan men Jorj Sen-Per bilan xayriya jangida oktagonga chiqishga tayyorman.

Bu to'qnashuv ortidan kamida 50 million ishlab olsa, bo'ladi. Bu pullarni Afrikadagi yordamga muxtoj insonlarga ulashsak, ayni muddao bo'lar edi. Bilasizmi, ularda hozir ichimlik suvi yo'q. Biz uchun g'alati tuyulsada, u erda insonlar ochlikdan o'lishmoqda. U erdagi millionlab insonlar aynan shu muammo sababli katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Agarda UFC meni qo'llab-quvvatlasa, Jorj Sen-Per bilan to'qnash kelishim mumkin. U chinakam yulduz va u bilan bo'ladigan jangim hammada katta qiziqish uyg'otishi aniq. Agarda meni qo'llab turishsa, jang yanvar yoki Fevral oyida bo'lib o'tadi. Jangdan tushgan barcha pullarni Afrikadagi qashshoq davlatlarga ulashamiz.

Toni Fergyuson haqida


Qarorni UFC chiqaradi. Menga qolsa, u bu jang uchun loyiq. O'ylashimcha keyingi jangim aynan unga qarshi bo'lib o'tadi. Bu jang «daxshatli» bo'lishi aniq. Agarda men Tonini mag'lubiyatga uchratsam, ular men uchun yana kimnidir tavsiya qilishadi. Uni yaxshilab reklama qilishadi va menga uni engishdan boshqa chora qoldirishmaydi. Bu shunchaki o'yin! Shunisi aniqki, men Toni ustidan g'alaba qozonsam ham hech narsa o'z yakuniga etmaydi. Ular yangidan yangi jagchilarni menga qarshi qo'yaverishadi.

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru