Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
UEFA klublar o'rtasidagi yangi musobaqaga nom tanladi

UEFA 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab klublar o'rtasidagi yangi musobaqani yo'lga qo'ymoqchi. Bild nashri tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu turnir Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan keyin saviya borasida uchinchi musobaqa bo'ladi. Turnirga "Europa Conference League", ya'ni Konferentsiyalar ligasi nomini oladi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, musobaqaning guruh bosqichida 32ta klub ishtirok etadi va ular 8ta guruhga bo'linishadi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri nimchorak final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar esa Evropa ligasi guruhlarida 3-o'rinni band etgan klublar bilan pley-off bosqichida ishtirok etadi. Konferentsiyalar ligasi g'olibi kelasi mavsumda Evropa ligasi guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru