Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
Oktyabrni kutamiz

Guruhdoshimiz va asosiy raqibimiz hisoblangan Saudiya Arabistoni safarda Yamanga qarshi durang - 2:2 o'ynabdi. Bu, ko'p jihatdan, terma jamoamiz foydasiga bo'ldi. To'g'ri, maksimum hisoblaganda biz uch ochko yo'qotgandik. Shu sharoitimizda arablar ikki ochko yo'qotishdi. Singapur-Yaman o'yinini ko'rgandim. Yamanliklar saviya borasida kuchli emas, o'rtamiyona. Singapur darvozasiga himoyadagi xatolar sabab to'p urishgandi (ikkinchi to'p urilgandagi xatoni bizning birinchi ligadagi himoyachilar ham qilmaydi). Aytmoqchi bo'lganim, guruhdagi vaziyat - uy va safar o'yinlaridan kelib chiqib - ancha tenglashdi. Oktyabrdagi o'yinlar ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Saviya borasida, kimgadir erish tuyulishi mumkin, baribir terma jamoamiz guruhdagi barcha raqiblardan ustun. Faqat bir narsa - murabbiy taktik sxemalar bilan futbolchilarimizning maydondagi ishini engillashtirib bera olsa bo'ldi. Shu kungacha bo'lgan o'yinlarda biz murabbiyning imzosini emas, futbolchilarimizning "klassini" ko'rdik, xolos. Aslida, Abramov yoki Qosimovning, 2007-yildagi Inileevning jamoalari ham yangicha usulda o'ynay olishini ko'rsatgan edi. Kuper qilolmagan ishni Ro'ziqul Berdiev yoki Mirjalol Qosimov bemalol uddalay olishi mumkin edi. Bu yog'i endi ehtimollar nazariyasi.Oktyabrni kutamiz. Yaxshilikka bo'lsin.Baxtiyor ABDUG'AFUR

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru