Tavsiya qilamiz!
Futbol Menejerda PUL YUTIB oling!
Rapmusic.Uz Uzbek Rap Olami!
Azamat Abduraimov: «Maydonda hamisha bor mahoratni ishga solgan holda o'ynash zarur»

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bugun BAAlik tengqurlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qiziqarli tarzda kechgan mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.O'yindan so'ng O'zbekiston U-16 terma jamoasi ustozi Azamat Abduraimov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:"Saralash bahslarida yomon o'ynagandan ko'ra bugungidek o'rtoqlik o'yinida yomon o'yin namoyish etgan ma'qul, nazarimda. Bugun asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushishdi. Ammo endi o'ylanib qoldik, asosiy tarkibmiz bugungi bahsda maydonga tushgan futbolchilarmi yoki o'tgan safargi uchrashuvda o'ynaganlarmi. Bugundan ushbu yig'in yakunlanadi va 14 sentyabrdan yana yig'ilamiz. Yakuniy tarkib musobaqa oldidan e'lon qilinadi.O'tgan safargi uchrashuvda ko'pincha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchilar maydonga tushishgan edi. Bugun esa Dushanbe hamda Moskvada o'tgan musobaqada o'ynagan futbolchilar maydonda harakat qilishdi. Yigitlarga o'yin oldidan ham to'liq diqqat-e'tiborni jamlagan holda harakat qilish lozim ekanini ta'kidlagan edim. Zero, raqibni mensimaslik va o'yindan oldinoq g'alaba qildik, deb o'ylash – noto'g'ri. Maydonda hamisha bor mahoratni ishga solgan holda o'ynash zarur. Shu jihatdan ham bugungi uchrashuv biz uchun yaxshi dars bo'ldi.Nega men birinchi bo'limni zaxira o'rindig'idan kuzatmadim? Men har doim birinchi taymda tribunada o'tirib o'yinni kuzataman. Tribunadan o'yinning to'liq suratini ko'rish osonroq. Ikkinchi taymda esa zaxira o'rindig'ida o'tiraman. Chunki ikkinchi bo'limda ko'proq futbolchilarga ko'rsatmalar berib borishim talab etiladi", — dedi mutaxassis. 

Online
uzfor.uz Statok.net UzMasterS.Ru